Barcha yangiliklar
📍 Yoshlar bandligi va yerlardan samarali foydalanish — e’tibor markazida
Gallery image 157619
Gallery image 157620
Gallery image 157621
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
01 Iyun 2026
00:00

📍 Yoshlar bandligi va yerlardan samarali foydalanish — e’tibor markazida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B. Yo‘lchiyev “Beshyuz” mahallasida bo‘lib, yoshlarga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish holati hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida yer maydonlaridan unumli foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

🌱 Yoshlar bandligi — taraqqiyot poydevori, yerga e’tibor esa barakali kelajak garovi!