Barcha yangiliklar
📌 Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
Gallery image 157615
Gallery image 157616
Gallery image 157617
Gallery image 157618
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
01 Iyun 2026
00:00

📌 Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga  O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar S. Xidirova va I. Qodirovalar tuman markaziy shifoxonasida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda ularning o‘z vaqtida tashkil etilishi holatini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmatlarning sifati, dori-darmon ta’minoti va fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratildi. Deputatlar sog‘liqni saqlash tizimidagi mavjud holatni tahlil qilib, xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirdilar.
✅ Aholining sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.