Barcha yangiliklar
Mehnat va mahorat — farovonlik asosi
Gallery image 157605
Gallery image 157606
Gallery image 157607
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
01 Iyun 2026
00:00

Mehnat va mahorat — farovonlik asosi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat G. Risqulova mahallada ustoz-shogird an’anasi asosida ishsiz xotin-qizlarga tikuvchilik sirlarini o‘rgatib kelayotgan S. Xo‘janazarova xonadonida bo‘ldi.

S. Xo‘janazarova 25-yildan buyon tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib keladi. Shu vaqt davomida o‘nlab shogirdlar tayyorlab, ularning kasb egasi bo‘lishiga hissa qo‘shgan. Bugungi kunda uning shogirdlari mustaqil faoliyat yuritib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda.

Bunday tashabbuslar xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va mahalla taraqqiyotiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.