Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 157516
Gallery image 157517
Gallery image 157518
Gallery image 157519
Gallery image 157520
Gallery image 157521
Gallery image 157522
Gallery image 157523
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
09 Iyun 2026
16:40

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tuman Kengashi kotibiyati ish rejasiga muvofiq, kotibiyat mudiri X.Berdiyarova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari tomonidan “Navro‘z” mahallasida joylashgan 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotining eski binosini buzish ishlari boshlanganligi hamda uning o‘rnida zamonaviy talablar asosida 120 o‘rinli yangi bog‘cha binosi qurilishi rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlanganidek, yangi bino foydalanishga topshirilgach, bolajonlar uchun yanada qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratiladi, maktabgacha ta’lim xizmatlari qamrovi kengayadi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.