Barcha yangiliklar
Ayollar uchun onlayn ishlash tizimi joriy etiladi
Gallery image 17534
Gallery image 17535
Gallery image 17536
Gallery image 17537
ABDURAYIMOV OTABEK BIRODAR O‘G‘LI
18 Okt 2024
17:23

Ayollar uchun onlayn ishlash tizimi joriy etiladi

 O‘zLiDePdan Oliy Majlis deputatligiga 39-Surxondaryo saylov okrugidan qo‘yilgan nomzod Ra’no Astanaqulova hamda viloyat kengashi deputatligiga 10-Angor saylov okrugidan qo‘yilgan nomzod Feruza Rahmonqulovalarning Angor tumanidagi madaniyat uyida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  

  Unda saylovoldi dasturida ko‘zda tutilgan muhim vazifalar, jumladan xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha ishlarni jadal olib borish, nogironlikni belgilash jarayonlarni soddalashtirib, sarsongarchiliklarga chek qo‘yish kabi masalalar xususida so‘z bordi.