Barcha yangiliklar
#deputatlik_faoliyati
Gallery image 157375
Gallery image 157376
SIDIKOVA SHAXNOZA BAXTIYOR QIZI
15 May 2026
00:00

#deputatlik_faoliyati

📌Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 15-O'zbekiston saylov okrugi deputati Sh.Radjapov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan "Qunduzak" mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

🖋O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash, sport va madaniy tadbirlarni tashkil etish holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan individual ishlar, ularning muammolarini hal etish borasida ko‘rilayotgan choralar ham ko‘zdan kechirildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube