Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANIDAGI. “Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi"
Gallery image 157291
Gallery image 157292
Gallery image 157293
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
15 May 2026
12:46

CHINOZ TUMANIDAGI. “Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi"

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, O‘zLiDePdan 24–Eski Toshkent saylov okrugidan saylangan deputat Laziza Sobirjonova tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi “Yaxshi Niyat” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

Unda mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini oshirish hamda tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.