Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
Gallery image 157250
Gallery image 157251
Gallery image 157252
Gallery image 157253
Gallery image 157254
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
09 Iyun 2026
12:14

DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.A. Tog‘aymuratov tomonidan “A.Jomiy” mahallasi hududida joylashgan transformator atrofi xavfsizlik holati yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.

Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan taqdim etilgan №38/284-sonli (2026-yil 9-iyun) rasmiy ma’lumotga ko‘ra, mazkur hududda joylashgan transformator atrofidagi xavfsizlik bilan bog‘liq kamchiliklar bartaraf etilgan.

Xususan:
transformator atrofi temir panjara bilan o‘rab chiqildi;
texnik xavfsizlik qoidalariga mos holatga keltirildi;
aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu ishlar natijasida hududda elektr xavfsizligi darajasi oshirilib, aholining, ayniqsa bolalar va yoshlarning hayoti uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar bartaraf etilgan.