Barcha yangiliklar
#deputatlik_faoliyati
Gallery image 157240
Gallery image 157241
Gallery image 157242
SIDIKOVA SHAXNOZA BAXTIYOR QIZI
08 May 2026
00:00

#deputatlik_faoliyati

📍O'rta Chirchiq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o'rganish maqsadida Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 4-Yangi turmush saylov okrugi deputati D.Axmedjanova, kotibiyat mudiri B.Baxovadinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar ishtirokida tuman hududidagi “Yangi turmush” MFYda joylashgan 60-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish hamda qo‘shimcha 180 o‘rinli o‘quv bino qurish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.

📌Mazkur loyiha doirasida maktab infratuzilmasini yaxshilash, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish hamda ta’lim sifatini oshirish maqsad qilingan. O‘rganish jarayonida qurilish ishlari sifati, loyiha hujjatlarining bajarilish holati, qurilish materiallarining talab darajasida ekani hamda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi ko‘zdan kechirildi.

Kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikova

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube