Barcha yangiliklar
🔰Muammolar joyida o‘rganilmoqda.
Gallery image 157178
Gallery image 157179
Gallery image 157180
Gallery image 157181
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
09 Iyun 2026
11:14

🔰Muammolar joyida o‘rganilmoqda.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Toshpo‘latov “Sayxon” MFY, “Oqbuloq” ko‘chasida yashovchi fuqarolarning murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi. Aholi o‘z murojaatida ko‘chani asfaltlash, tungi yoritgichlar o‘rnatish va sog‘lomlashtirish yo‘lakchalari tashkil etish masalalarini ko‘targan.

🔸O‘rganish jarayonida deputat, Jizzax viloyat mintaqaviy yo‘llarga texnik nazorat qilish xodimi S.Xamidov, bosh pudratchi – "Afsona qurilish" MCHJ rahbari Sh.Xujayev, mahalla raisi hamda hudud fuqarolari ishtirok etishdi.

🔸Ko‘zdan kechirish yakunlari bo‘yicha Jizzax shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimi D.To‘rayevga, mintaqaviy yo‘llar texnik nazoratchisiga, qurilish tashkiloti va MFY mutasaddilariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Mazkur masalalarning ijrosi deputat tomonidan qat‘iy nazoratga olindi.