Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 157123
Gallery image 157124
Gallery image 157125
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
09 Iyun 2026
10:13

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

"Yo‘l xaritasi" ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan Oqoltin tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan "Yo‘l xaritasi"ning 36, 37, 38, 39 va 41-bandlari ijrosi yuzasidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mazkur bandlarda belgilangan vazifalarning amalga oshirilish holati, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan dasturlar ijrosi hamda murojaatlar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi.

Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish, ijro intizomini mustahkamlash va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.