Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 157121
Gallery image 157122
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
09 Iyun 2026
10:12

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan Ahillik mahallasi Haloskor ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaro turmush o‘rtog‘ining salomatligi bilan bog‘liq muammo yuzasidan, uni davolatish va zarur tibbiy ko‘rik hamda muolajalarni tashkil etishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilganligi aniqlandi.

Mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati M.Sulaymonov hamda Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish belgilandi. Murojaat ijrosi nazoratga olinib, fuqaroga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan ishlar boshlandi.