Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 157096
Gallery image 157097
Gallery image 157098
Gallery image 157099
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
09 Iyun 2026
10:02

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Yirik infratuzilma loyihasi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan Islom taraqqiyot banki loyihasi asosida Ko‘rkam diyor mahallasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan kanalizatsiya tizimini yangilash loyihasi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida loyiha pasportlari va tegishli hujjatlar bilan tanishilib, qurilish ishlarini amalga oshiruvchi mutaxassislar hamda mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat jarayonida loyiha doirasida bajarilishi ko‘zda tutilgan ishlar, ularning amalga oshirish mexanizmlari, muddatlari hamda kutilayotgan natijalar muhokama qilindi.