Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 157093
Gallery image 157094
Gallery image 157095
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
09 Iyun 2026
10:01

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari O.Aliqulov va A.Uljayevalar tomonidan Shodlik mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, profilaktika inspektorining faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan aholining ijtimoiy muammolarini hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilinib, mahallada tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash hamda aholining farovonligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.