Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 157057
Gallery image 157058
Gallery image 157059
Gallery image 157060
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
09 Iyun 2026
09:47

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati D.Egamqulovaga A.Navoiy mahallasi, Sayxun ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ichimlik suvi sifatining sho‘rligi, iste’molga yaroqsizligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, masala tegishli tuman suv ta’minoti bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar natijasida hududga zarur suv filtri olib kelinib, o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.

Natijada fuqarolarning murojaati ijobiy hal etilib, ichimlik suvi sifatini yaxshilash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rildi.