Barcha yangiliklar
Shukronalik va ezgu ishlar ruhida!
Gallery image 156955
Gallery image 156956
Gallery image 156957
Gallery image 156958
Gallery image 156959
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
08 Iyun 2026
21:26

Shukronalik va ezgu ishlar ruhida!

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.Tuychiyeva aholiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan tushuntirish berdi.

Unga ko‘ra, 2026 yilda Bo‘ston tumanida “og‘ir” toifadagi mahallalarni kompleks rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish va barqaror ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🤲 Shu bilan birga, xayit bayrami arafasida Muhtaram Prezident tashabbusi bilan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim xayrli ishlar ham amalga oshirildi:

- yetim bolalarni qo‘llab-quvvatlash, og‘ir kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash, murakkab operatsiyalarni amalga oshirish hamda masjidlarda qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim xayrli ishlar qilingani ta’kidlandi.

💫 Bu kabi ezgu ishlar xalq farovonligi va yurt ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy ifodasidir.