Barcha yangiliklar





MURODOV DALER DAVRON O‘G‘LI
15 Okt 2024
15:10
“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika tanlovining Navoiy viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
Viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi hamkor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tashkillashtirilgan “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” respublika ko‘rik-tanlovining Navoiy viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“ENG YAXSHI IJTIMOIY TASHABBUSKOR TADBIRKORLIK SUBYEKTI” nominatsiyasi bo‘yicha G‘ozg‘on shahridagi “G‘ozg‘on poligraf Servis” MCHJ, rahbari Esanov Elyor Xudoyqulovich birinchi o'rinni olib esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.