Barcha yangiliklar
Zamonaviy tibbiy uskunalar topshirildi
Gallery image 156831
NABIYEV SOXIBJON ABDUGANIYEVICH
08 Iyun 2026
17:35

Zamonaviy tibbiy uskunalar topshirildi

 ✅ Tadbirda xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov, deputat Zarifaxon Mahkamova, tuman hokimi o‘rinbosari Shuhratjon Pozilov, tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

✅ Prezidentimiz tashabbusi bilan sog‘liqni saqlash sohasini tubdan isloh qilish, aholi salomatligini mustahkamlash, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi tufayli tibbiy xizmat sifati yuksalib borayotgani e’tirof etildi. 

✅ Sohada olib borilayotgan barcha sa’y-harakatlar inson qadrini ulug‘lash, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgani bilan muhim o‘rin tutishi qayd etildi. 

✅ Deputatlar ishtirokida tibbiyot muassasalari faoliyati bilan tanishish, mavjud muammo va kamchiliklarni o‘rganish ishlari davom etmoqda. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi