Barcha yangiliklar
🏦Olis tog‘li hududda 140 o‘ringa mo‘ljallangan qo‘shimcha maktab binosi qurib foydalanishga topshirildi
Gallery image 17415
Gallery image 17416
Gallery image 17417
Gallery image 17418
Gallery image 17419
Gallery image 17420
Gallery image 17421
Gallery image 17422
Gallery image 17423
Gallery image 17424
TURSUNQULOV FAYZIDIN NUSRATILLOYEVICH
15 Okt 2024
09:59

🏦Olis tog‘li hududda 140 o‘ringa mo‘ljallangan qo‘shimcha maktab binosi qurib foydalanishga topshirildi

🏦Olis tog‘li hududda 140 o‘ringa mo‘ljallangan qo‘shimcha maktab binosi qurib foydalanishga topshirildi

✅ Bugun mamlakatimizda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar Boysun tumanida ham o‘z samarasini bermoqda.

Jumladan, mahallalar infratuzilmasini yangilash, aholi turmush tarzini yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli loyihalar asosida ichki yo‘llar, ijtimoiy soha ob’ektlari qurib foydalanishga topshirilmoqda.

🎤 Boysun tumanidagi Yuqori Machay mahallasida joylashgan 46-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun qo‘shimcha yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi.

Quvvati 140 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maktab binosi Mahalliy budjet hisobidan yangi qurilib, zamonaviy barcha sharoitlarga ega holda bitkazildi.

✅ Tadbirda tuman hokimi Bahodir Shukurov, nuroniylar, faxriylar, hamda maktab jamoasi ishtirok etib, ushbu xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shgan quruvchi va mehnatkashlarga minnatdorchilik bildirib, duoga qo‘l ochdilar. 

📋 Ma’lumot o‘rnida Yuqori Machay mahallasida joylashgan 46-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1991- yildan o‘z faoliyatini boshlagan. Ushbu maktabda bugungi kunda 64 nafar o‘qituvchi va ishchi xizmatchilar 652 nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarga ta’lim tarbiya berib kelmoqdalar.