Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 156763
Gallery image 156764
Gallery image 156765
Gallery image 156766
Gallery image 156767
Gallery image 156768
Gallery image 156769
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
08 Iyun 2026
16:38

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Z. Alimov boshchiligida tuman hokimligining Qurilish bo‘limi, Obodonlashtirish boshqarmasi hamda “Suvta’minot” unitar korxonasi mutaxassislari ishtirokida tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda kanalizatsiya tizimini yaxshilash masalasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mavjud kanalizatsiya tarmog‘ining texnik holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim muassasasida sanitariya-gigiyena sharoitlarini yanada yaxshilash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralarni belgilashga kelishib olindi. Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.