Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 156702
Gallery image 156703
Gallery image 156704
Gallery image 156705
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
08 Iyun 2026
15:52

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati A.Uljayeva tomonidan Qurbon hayiti munosabati bilan mahalladagi yolg‘iz keksalar holidan xabar olindi.

Tashrif davomida keksalarning salomatligi, yashash sharoitlari hamda mavjud muammolari bilan yaqindan tanishilib, ularga bayram munosabati bilan samimiy tilaklar bildirildi. Shuningdek, nuroniylarni e’zozlash, ularga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan biri ekani ta’kidlandi.

Suhbat jarayonida keksalar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli masalalar nazoratga olindi.