Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 156669
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
08 Iyun 2026
15:46

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📨 Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati Xolmurod Ishimov tomonidan qonunchilikka muvofiq, Oqoltin tumani Toza hudud DUK rahbari Ilxom Abduvaliyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🏛So‘rovda ko‘tarilgan masala:
“Yangi davr” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar chiqindilarni tashlash uchun maxsus joylar yetishmasligi sababli maishiy chiqindilar turli joylarga tashlanayotgani, bu esa aholiga noqulaylik tug‘dirayotganini bildirib murojaat qildilar.

🔷Sizdan, yuqoridagi muammoni mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘rganib chiqib, chiqindilarni tashlash uchun qo‘shimcha chiqindi qutilarini ajratishda amaliy yordam ko‘rsatishingizni so‘raymiz.

✅ Masalalarni mutaxassislar ishtirokida o‘rganib, ijobiy hal etish hamda 10 kun ichida yozma javob taqdim etish talab etildi.