Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 156658
Gallery image 156659
Gallery image 156660
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
08 Iyun 2026
15:42

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari X. Suvonov va O. Aliqulivlar tomonidan Shodlik MFYda mahalla yettiligi hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔷Uchrashuv davomida hududdagi mavjud muammolar, aholi tomonidan bildirilayotgan murojaatlar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

🔷Fuqarolar tomonidan kadastr, yo‘l qurilishi, obodonlashtirish va elektr ta’minoti sohalariga oid qator muammo va takliflar bildirildi. Xususan, ayrim ko‘chalarda tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilmagani yuzasidan aholi tomonidan ushbu hududlarga yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.