Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 156650
Gallery image 156651
Gallery image 156652
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
08 Iyun 2026
15:40

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari I. Quchqarova va K. Xakimovalar tomonidan Ko‘rkam diyor MFY yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🔷Xususan, “Intilish” ko‘chasidagi 9–10-ko‘p qavatli uylar atrofida olib borilayotgan tashqi fasadni ta’mirlash ishlari hanuzgacha yakuniga yetkazilmagani, jumladan, kirish (padez) qismlariga temir eshiklar o‘rnatilmagani hamda uylar atrofida piyodalar yo‘laklari (trotuarlar) qurilmagani yuzasidan mahalla yettiligi tomonidan ushbu masalalarni nazoratga olish va tezkor chora ko‘rish bo‘yicha takliflar bildirildi.