Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda deputat M.Mirzayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni va uning ijrosini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan shahar Kengashi qarori doirasida Vatan mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 156626
Gallery image 156627
Gallery image 156628
Gallery image 156629
Gallery image 156630
Gallery image 156631
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
08 Iyun 2026
15:09

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda deputat M.Mirzayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni va uning ijrosini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan shahar Kengashi qarori doirasida Vatan mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor mahalla aholisini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalariga qaratildi. Hududdagi mavjud ichimlik suvi tarmoqlarining holati, suv ta’minotida uchrayotgan muammolar, aholi murojaatlari hamda tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan ichimlik suvi bosimining pasayishi, ayrim hududlarda suv ta’minotidagi uzilishlar va tarmoqlarni yangilash bilan bog‘liq masalalarga e'tiborqaratildi.