Barcha yangiliklar
Deputat nazorati: g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari diqqat markazida
Gallery image 156554
Gallery image 156555
Gallery image 156556
Gallery image 156557
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
08 Iyun 2026
14:23

Deputat nazorati: g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari diqqat markazida

Muzrabot tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi qizg‘in pallaga kirgan bir vaqtda, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan dala ishlarining borishiga e'tibor qaratilmoqda.

Tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdulla Mamatqulov navbatdagi o‘rganish davomida “Qo‘ng‘irot–Sopollitepa” hududidagi “Xalq yo‘li tomorqa xizmati” MChJga qarashli g‘alla va paxta maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida 15 gektar g‘alla maydonida o‘rim-yig‘im ishlarining tashkil etilishi, hosilni qisqa muddatlarda va nobudgarchiliksiz yig‘ib olish choralari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, 14 gektar paxta maydonida olib borilayotgan chopiq va agrotexnik tadbirlarning sifati ham atroflicha tahlil qilindi.

Mas’ullar va otryad a’zolari bilan muloqot davomida mavjud texnika va imkoniyatlardan samarali foydalanish, dala ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.

Yil davomida dehqonlarning mashaqqatli mehnati bilan yetishtirilgan hosilni talafotsiz yig‘ib olish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholi farovonligini yuksaltirish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi.

G‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi davomida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ham o‘z saylov okruglaridagi fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda hamda mirishkor dehqonlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

G‘alla — rizq-ro‘zg‘orimiz, uning har bir donasi qadrli!