Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi
Gallery image 156500
Gallery image 156501
Gallery image 156502
MAMATQOBILOV MANSURBEK BEKBUTA O‘G‘LI
08 Iyun 2026
13:06

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Umidjon Xolmatov Do‘stlik mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisining taklif va murojaatlari tinglanib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.