Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Z.Gʻofurova tomonidan Zuhro mahallasida aholini qiynab kelayotgan ayrim infratuzilmaviy masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Gallery image 156481
Gallery image 156482
Gallery image 156483
Gallery image 156484
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
08 Iyun 2026
12:30

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Z.Gʻofurova tomonidan Zuhro mahallasida aholini qiynab kelayotgan ayrim infratuzilmaviy masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Deputat mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Uchrashuv davomida, ayniqsa, mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati hamda ko‘chalarning tungi paytda yetarli darajada yoritilmagani bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
Aholi vakillarining ta’kidlashicha, ayrim ichki yo‘llarning ta’mirtalab holga kelgani transport qatnovi va piyodalar harakatida noqulayliklar tug‘dirmoqda. Shuningdek, tungi yoritish tizimining yetarli emasligi fuqarolarning xavfsiz harakatlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
O‘rganish jarayonida deputat tomonidan mavjud muammolar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Bildirilgan murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi, masalalarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.