Barcha yangiliklar
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi.
Gallery image 156462
Gallery image 156463
Gallery image 156464
Gallery image 156465
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
08 Iyun 2026
12:12

Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi.

Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova tomonidan hududdagi 23-son Oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida poliklinika tomonidan aholiga, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga va imtiyozli toifadagi bemorlarga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlanish holati ko‘zdan kechirildi. Dori vositalarining mavjudligi, ularni tarqatish tartibi hamda fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazib berilishi yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.

Shuningdek, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, aholining sifatli tibbiy xizmat va dori-darmonlardan foydalanishini ta’minlash yuzasidan nazorat ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi.