Barcha yangiliklar
“Doʻstlik” MFY: Aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda
Gallery image 155971
Gallery image 155972
Gallery image 155973
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
06 Iyun 2026
08:53

“Doʻstlik” MFY: Aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda

“Doʻstlik” MFY: Aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev “Doʻstlik” MFY aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Ayni paytda hududda maxsus texnikalar yordamida yangi ichimlik suvi tarmogʻini tortish uchun qazish va montaj ishlari jadal olib borilmoqda. Tuman Kengashi raisi bevosita obʼyektga tashrif buyurib, qurilish sifati va ish surʼatini koʻzdan kechirdi.
Ushbu loyihaning yakunlanishi mahalladagi minglab xonadonlarni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash va aholi turmush sharoitini yaxshilash imkonini beradi. Ishlar ijrosi tuman Kengashi tomonidan toʻliq nazoratga olingan