Barcha yangiliklar
43-maktabda O‘zJOKU kutubxonasi ochildi
Gallery image 155955
Gallery image 155956
Gallery image 155957
Gallery image 155958
Gallery image 155959
Gallery image 155960
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
15 Apr 2026
22:13

43-maktabda O‘zJOKU kutubxonasi ochildi

Chorbog‘tepa mahallasidagi 43-maktabda zamonaviy kutubxona foydalanishga topshirildi. Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari — Abdumalik Nishonov va Farxod Suyarovlar ishtirok etib, ochilish marosimida qatnashdilar.

Shuningdek, O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan uchrashib, ta’lim sifati, mavjud sharoitlar va ularni yanada yaxshilash masalalarini muhokama qildi.

Tadbir yakunida Sherzodxon Qudratxo‘ja deputatlar bilan samimiy va mazmunli muloqot olib borib, hududda ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish masalalari yuzasidan fikr almashdi. Mazkur kutubxona esa yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim ma’rifiy maskan sifatida e’tirof etiladi.

Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook