Barcha yangiliklar
#24_ta_masala
Gallery image 155943
Gallery image 155944
Gallery image 155945
Gallery image 155946
Gallery image 155947
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
10 Apr 2026
22:04

#24_ta_masala

🚛Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 18-Talliota saylov okrugidan saylangan deputati F. Sidiqov hamda tuman soliq organlari xodimlari ishtirokida tuman markazida joylashgan ulgurji savdo markazida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🚛Mazkur o‘rganish jarayonida aholiga taklif etilayotgan oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlarning narx-navosi, sifati, ishlab chiqarilgan sanasi hamda yaroqlilik muddati alohida e’tibor qaratilib, ularning amaldagi talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
🚛Shuningdek, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash hamda savdo faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi