Barcha yangiliklar
Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat
Gallery image 17274
Gallery image 17275
Gallery image 17276
Gallery image 17277
Gallery image 17278
Gallery image 17279
Gallery image 17280
MAMATALIYEVA MATLUBA AMONOVNA
09 Okt 2024
10:21

Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat

Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat

Har yili oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” sifatida keng nishonlash belgilangan bo‘lib, “Keksalarga hurmat – yoshlarga ibrat” g‘oyasi asosida tumanimizda qator ma’naviy, ma’rifiy, madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bugun Boysun tuman Ariq-usti mahallasida idora va tashkilotlarda uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan faol otaxon-onaxonlar bilan bir piyola choy ustida suhbat qilish uchun dasturxon yozilib osh tortildi.

Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi E. Toshboyev, Ariq-usti mahalla fuqarolar yig‘ini raisi To‘lqin Murtazoyev,tuman Kengashi deputati Sh.Sadikov, nuroniy otaxon-onaxonlarimiz mamlakat rahbarining keksa avlod vakillariga e’tiboridan nihoyatda xursand, minnatdor ekanliklarini bildirib, shu kunlarga yetkazganiga shukronalar aytib, mamlakat tinchligi, el farovonligi, salomatligi uchun duoga qo‘l ochdilar.