Barcha yangiliklar
Tashabbus amalda: “Tashabbusli budjet” loyihasi natijasi ko‘rinmoqda
Gallery image 155855
Gallery image 155856
Gallery image 155857
Gallery image 155858
Gallery image 155859
Gallery image 155860
Gallery image 155861
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
05 Iyun 2026
17:30

Tashabbus amalda: “Tashabbusli budjet” loyihasi natijasi ko‘rinmoqda

👉 Oldinroq xabar berganimizdek, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining deputati Madaminov Alisher Abdullayevich tashabbusi bilan “Ochiq budjet” dasturining 1-mavsumida g‘olib deb topilgan loyiha asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

📍 Bugungi kunda “Taxiatosh” MFY hududidagi Xiva va Sharbag‘ ko‘chalariga yangi asfalt qoplamasi yotqizish ishlari yakuniy bosqichga yetdi.

🔍 O‘rganish davomida:
🔹 asfaltlashtirish ishlarining sifati;
🔹 loyihaning bajarilish darajasi;
🔹 ko‘chalardagi tungi yoritish tizimining holati ko‘zdan kechirildi.

📌 Fuqarolar tashabbusi va jamoatchilik ovozi bilan shakllangan loyihalarning hayotga tatbiq etilishi hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.

🤝 Amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida davom etmoqda.