Barcha yangiliklar
Senator bilan uchrashuv
Gallery image 17268
Gallery image 17269
Gallery image 17270
Gallery image 17271
Gallery image 17272
Gallery image 17273
IMINJANOVA DILFUZAXON ERGASHOVNA
09 Okt 2024
09:01

Senator bilan uchrashuv

 Jalaquduq tumanidagi 18-son musiqa maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining
"Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi" raisi, xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashiga 10-"Na’muna" saylov okrugidan saylangan deputat ALIMOV RAVSHANBEK AZADBEKOVICH o‘z saylovchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv jarayonida Senator, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va uning salmoqli natijalari to‘g‘risida gapirib, o‘zining deputatlik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi rejalari bo‘yicha saylovchilariga xisobot berdi.
 

Uchrashuv jarayonida Senat a’zosi R.A.Alimovga tuman hokimi X.A.Latipov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Juraev va "Adolat" SDP tuman Kengashi raisi B.Bazorovalar hamroxlik qildilar.