Barcha yangiliklar
Qonun ijrosi o‘rganildi
Gallery image 155792
Gallery image 155793
Gallery image 155794
Gallery image 155795
Gallery image 155796
Gallery image 155797
Gallery image 155798
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
05 Iyun 2026
16:52

Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov hamda kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ tuman filialida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

🔺O‘rganish jarayonida korxonada ish yuritish hujjatlari, buyruqlar, rasmiy yozishmalar, axborot stendlari, lavha va ko‘rsatkichlarning davlat tilida yuritilishi holati tahlil qilindi. Shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida davlat tili me’yorlariga rioya etilishi, murojaatlar bilan ishlash hamda rasmiy hujjatlarni rasmiylashtirish amaliyoti ko‘zdan kechirildi.

🔺O‘rganish davomida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining ijrosini ta’minlash, xodimlarning davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini yanada oshirish, tashqi va ichki yozuvlarni qonun talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.

🔺Deputat tomonidan qonun ijrosini yanada takomillashtirish, ish yuritishda davlat tilining nufuzini oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.