Barcha yangiliklar
Ichki ko‘chalarda gaz tarmoqlarini tartibga keltirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 155778
Gallery image 155779
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
05 Iyun 2026
16:45

Ichki ko‘chalarda gaz tarmoqlarini tartibga keltirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Madaminov Alisher Abdullayevich hamda Kengash kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich “Taxiatosh” MFY ichki ko‘chalarida amalga oshirilayotgan gaz tarmoqlarini yangilash ishlari bilan tanishdi.

🔍 O‘rganish davomida yer ostida qolib ketgan hamda ayrim joylarda aholi yashash uylari oldidan tartibsiz holatda o‘tgan gaz quvurlarini yer ustiga chiqarish, eskilarini yangisiga almashtirish va estetik ko‘rinishga keltirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

📌 Mazkur ishlar gaz ta’minoti xavfsizligini oshirish, tarmoqlarning texnik holatini yaxshilash hamda mahalla ko‘chalarining obod va tartibli ko‘rinishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

📍O‘rganish ishlari davom etmoqda...