Barcha yangiliklar
Mahalliy Kengashlarning Taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari faoliyati tahlil qilindi
Gallery image 17242
Gallery image 17243
Gallery image 17244
Gallery image 17245
Gallery image 17246
Gallery image 17247
Gallery image 17248
ZOIROV BAHRIDDIN TO‘RABEK O‘G‘LI
07 Okt 2024
21:12

Mahalliy Kengashlarning Taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari faoliyati tahlil qilindi

Oliy Majlis Senati Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyaning xalq deputatlari mahalliy Kengashlar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi majlisida xalq deputatlari Toshkent shahar va Farg‘ona viloyati Kengashlarining Taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari faoliyatini o‘rganish yakunlari muhokama qilindi. 

Surxondaryo viloyati va tuman studiyalaridan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyat mudirlari, bosh mutaxassislari hamda Taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari va a'zolari ishtirok etdi.

Majlisda mahalliy Kengashlarning Taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar faoliyatini kuchaytirish borasida o‘z yechimini kutib turgan ayrim masalalar borligi ham aytib o‘tildi va ularni bartaraf etish yuzasidan Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.