Barcha yangiliklar
Orol MFYda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi
Gallery image 155526
Gallery image 155527
Gallery image 155528
Gallery image 155529
Gallery image 155530
Gallery image 155531
Gallery image 155532
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
01 Iyun 2026
10:59

Orol MFYda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi

Orol MFYda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov, 1-Xalqabod saylov okrugi deputati N.Ruziyeva hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi O‘.Shamiyev bilan birgalikda Orol MFYda bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Mahallada aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, fuqarolarni sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv tarmoqlarini tortish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, mahalla ko‘chalarida zamonaviy piyodalar yo‘lakchalari barpo etilib, tungi vaqtda xavfsiz harakatlanishni ta’minlash uchun yoritish chiroqlari o‘rnatilgan.

Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Tashrif davomida olib borilayotgan ishlarning sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Orol MFYda amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu va bunyodkorlik ishlari hududning yanada obod va fayzli maskanga aylanishiga munosib hissa qo‘shmoqda.