Barcha yangiliklar
CHILONZOR TUMANI  Hududlarda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish hamda mahallalar obodligini ta’minlash borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Gallery image 155446
Gallery image 155447
Gallery image 155449
Gallery image 155451
Gallery image 155453
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
05 Iyun 2026
10:36

CHILONZOR TUMANI Hududlarda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish hamda mahallalar obodligini ta’minlash borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2025-yil 7-noyabrdagi III-13-88-14-204-K/25-son qaroriga asosan, deputat Tadjieva Muxabbat Xaydaralievna tomonidan ilgari surilgan taklif doirasida Sharaf mahallasidagi 27-uy oldi hududida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari amalga oshirildi.

Loyihani moliyalashtirish uchun tuman hokimligi tomonidan 220 000,0 so‘m mablag‘ ajratildi. Natijada umumiy maydoni 2 000 kvadrat metr bo‘lgan hududda zamonaviy asfalt qoplamasi barpo etilib, belgilangan qurilish-ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi.

Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, piyodalar va transport vositalari harakati uchun yanada qulay sharoit yaratish hamda mahallaning obod va zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

✅ Fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bunday amaliy tashabbuslar asosida mahallalarni yanada obod, qulay va farovon hududga aylantirish ishlari izchil davom ettiriladi.