Barcha yangiliklar
CHILONZOR TUMANI  Hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Gallery image 155387
Gallery image 155388
Gallery image 155389
Gallery image 155390
Gallery image 155391
Gallery image 155392
Gallery image 155393
Gallery image 155394
Gallery image 155395
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
05 Iyun 2026
10:15

CHILONZOR TUMANI Hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2025-yil 7-noyabrdagi III-13-88-14-204-K/25-son qaroriga muvofiq, deputat Maxmudova Dono Artikovna tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida Charx Kamolon-2 mahallasidagi 170 va 171-uylar oldi hududida asfalt qoplamasi yotqizish ishlari bajarildi.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun tuman hokimligi tomonidan 106 700,0 so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada umumiy maydoni 970 kvadrat metr bo‘lgan hududda zamonaviy asfalt qoplamasi yotqizilib, qurilish-ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi.

Amalga oshirilgan ishlar mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, piyodalar va transport harakati uchun qulaylik yaratish hamda hududning obod qiyofasini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

✅ Aholi manfaatlariga qaratilgan bunday tashabbuslar asosida mahallalarni yanada obod va farovon maskanga aylantirish ishlari davom ettiriladi.