Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 155354
Gallery image 155355
Gallery image 155356
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
05 Iyun 2026
09:47

Kotib

Tadbirda “Adolat” SDP partiya Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi raisi Pernebekova Aygul hamda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Abdukamilov Shavkat Shuhratovich ishtirok etib, yoshlar bilan mavzu doirasida ochiq muloqot o‘tkazdilar. 

Tadbir davomida yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlari, jamiyatdagi faolligini oshirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda oilaviy va ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Mutaxassis va deputatlar tomonidan yoshlarni qiynayotgan savollarga batafsil javob berilib, ularning taklif hamda tashabbuslari tinglandi. 

Shuningdek, uchrashuvda bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.