Barcha yangiliklar
KUN TARTIBIGA TAKLIF TAYYORLANDI
Gallery image 155182
Gallery image 155183
Gallery image 155184
Gallery image 155185
Gallery image 155186
Gallery image 155187
Gallery image 155188
JUMANIYAZOV RAVSHANBEK RAXIMBERGAN O‘G‘LI
04 Iyun 2026
18:07

KUN TARTIBIGA TAKLIF TAYYORLANDI

Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalar yuzasidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari J.Eshchanovning taklifiga asosan Urganch shahar “Ashxobod” va “Yangiobod” mahallalari hududidan kesib o‘tgan zovurni yopiq drenaj tizimiga o‘tkazish hamda uning atrofini obodonlashtirish yuzasidan doimiy komissiya tegishli tashkilotlar rahbarlari, faollar va shu hududda yashovchi fuqarolar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. 

Yig‘ilishda shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev ishtirok etdi.

Mazkur ishlar shahar hokimi B.Radjapov bilan hamkorlikda zovurni yopiq holatga keltirish va ustini to‘liq obod qilish, zovurning har ikki tomonini asfaltlashtirish hamda zamonaviy tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, bo‘shab qoladigan maydonda tadbirkorlik subyektlarini qonuniy joylashtirish yuzasidan muhim
choralar belgilab olindi.