Barcha yangiliklar
HUDUDLARDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Gallery image 155160
Gallery image 155161
Gallery image 155162
JUMANIYAZOV RAVSHANBEK RAXIMBERGAN O‘G‘LI
04 Iyun 2026
18:02

HUDUDLARDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari B.Allabergenov va R.Baltayev tomonidan fuqarolar murojaatlari hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida ilgari surilgan takliflar asosida "Ziyokor" mahallasida ko‘chalarni asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda. 

Deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi hamda mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi. 

Mazkur ishlar mahalla aholisiga qulay sharoit yaratish, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.