Barcha yangiliklar
YANGIOBOD MAHALLASIDA DRAYVER LOYIHA: NAVBATDAGI OCHIQ ZOVURNI YOPIQ DRENAJGA AYLANTIRISH CHORALARI KO‘RILMOQDA
Gallery image 155136
Gallery image 155137
Gallery image 155138
JUMANIYAZOV RAVSHANBEK RAXIMBERGAN O‘G‘LI
03 Iyun 2026
17:53

YANGIOBOD MAHALLASIDA DRAYVER LOYIHA: NAVBATDAGI OCHIQ ZOVURNI YOPIQ DRENAJGA AYLANTIRISH CHORALARI KO‘RILMOQDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.Allabergenov hamda “Yangiobod” mahallasi raisining tashabbusi bilan hududdagi dolzarb masalalardan biri yuzasidan amaliy harakatlar boshlandi. 

Mahalla hududini obod qilish va infratuzilmasini yaxshilash maqsadida, drayver loyiha sifatida hududdan o‘tuvchi ochiq zovurni yopiq drenaj tizimiga o‘tkazish masalasi ko‘tarilgan edi. 

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi Yangiobod mahallasi qiyofasini tubdan o‘zgartirish, hududda ekologik tozalikni ta’minlash va aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.