Barcha yangiliklar





KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
04 Iyun 2026
17:13
Deputatlik nazorati: yoshlar bilan ishlash va murojaatlar o‘rganildi.
Mahallada 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 1438 nafar yoshlar istiqomat qiladi.
O‘rganishlar davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi:
3 nafar yoshning haydovchilik guvohnomasini olish uchun to‘lovlari amalga oshirilgan;
1 nafar yoshning oliy ta'lim muassasasida tahsil olishi uchun kontrakt puli to‘lab berilgan;
6 nafar yosh sport kiyimlari va sport anjomlari bilan ta’minlangan.
Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda muammolarini ijobiy hal etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.