Barcha yangiliklar
Ko‘p qavatli uylarning bugungi holati, aholiga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifati va mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.
Gallery image 155080
Gallery image 155081
Gallery image 155082
Gallery image 155083
Gallery image 155084
Gallery image 155085
Gallery image 155086
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
04 Iyun 2026
17:04

Ko‘p qavatli uylarning bugungi holati, aholiga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifati va mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ayrim uylarning yerto‘la qismlarida muhandislik tarmoqlari holati, texnik xonalarning talab darajasida saqlanmayotgani, sanitariya va obodonlashtirish masalalariga qo‘shimcha e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, ko‘rsatilayotgan servis xizmatlarining sifati, majburiy badallarning maqsadli sarflanishi va aholi murojaatlariga munosabat ham muhokama markazida bo‘ldi.

Mazkur monitoring ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–48-sonli qarori ijrosi hamda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimida shaffoflik va samaradorlikni oshirish maqsadida tashkil etildi.

🗣 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ul boshqaruv servis kompaniyasi rahbariga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi deputatlar nazoratiga olindi.
🔹 Aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, uy-joy fondidan samarali foydalanish hamda xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha o‘rganishlar davom etadi.