Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 155052
Gallery image 155053
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
04 Iyun 2026
16:20

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashdi

👤 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I.Nuriddinov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida “Poshxurt” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📌 Uchrashuvda mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

📊 Xususan: aholi bandligini ta’minlash, tomorqalardan unumli foydalanish, mahallani obodonlashtirish, mahalla ayollari o‘rtasidagi muammolarni hal etish hamda kam ta’minlangan va ko‘makka muhtoj oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

🤝 Tomonlar kelgusida hamkorlikda ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.