Barcha yangiliklar
Bugun Boysun tumani hokimi, tuman kengashi raisi Bahodir Shukurov ish rejasiga muvofiq tumanda olib borilayotgan qurilish, bunyodkorlik, ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Gallery image 17160
Gallery image 17161
Gallery image 17162
Gallery image 17163
Gallery image 17164
Gallery image 17165
Gallery image 17166
Gallery image 17167
Gallery image 17168
Gallery image 17169
MAMATALIYEVA MATLUBA AMONOVNA
03 Okt 2024
17:56

Bugun Boysun tumani hokimi, tuman kengashi raisi Bahodir Shukurov ish rejasiga muvofiq tumanda olib borilayotgan qurilish, bunyodkorlik, ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Tuman hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Boysun tumanidagi “Mustaqillik” mahalllasi hududida turar joylar qurilish ishlarini ko‘zdan kechirib, quruvchi tashkilot mas’ullari bilan uchrashdi.

✅ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-iyuldagi PQ-259 sonli qaroriga asosan 2024-yilda Boysun tumanining ichki ko‘chalarini joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. 

✅ Jumladan, tumanning Avlod mahallasidagi “Yakarcha” ko‘chasining 540 metr ichki yo‘llari joriy ta’mirlanib, qora qoplamali asfalt yotqizish ishlari bajarilmoqda.