Barcha yangiliklar
Ijtimoiy loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Gallery image 154920
Gallery image 154921
Gallery image 154922
Gallery image 154923
Gallery image 154924
Gallery image 154925
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
03 Iyun 2026
12:34

Ijtimoiy loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi

O‘rganish jarayonida mazkur xonadonda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Tashqi fasadning bir qismi yakunlangan bo‘lib, qolgan qismida qurilish ishlari davom etayotgani aniqlandi.

Shuningdek, uy ichki xonalarining devorlari ta’mirlangan, shift qismidagi ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangan. Hozirgi kunda yuvinish xonasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

 O‘rganish yakunida loyihaning belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.